Putin va Tramp muzokarasi qayerda bo‘lishi mumkinligi aytildi

Olam

image
Tramp va Putinning Ukrainasiz muzokaralari xavfli bo‘ladi – Zelenskiy north_east

Tramp va Putinning Ukrainasiz muzokaralari xavfli bo‘ladi – Zelenskiy

Moskva Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarini Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi muzokaralar uchun ehtimoliy joy sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda rossiyalik ikki manbasiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi haftalarda Rossiyaning yuqori martabali amaldorlari har ikki davlatga ham tashrif buyurgan. Shu bilan birga, nashr suhbatdoshlaridan biri bu g‘oyaga ma’lum darajada qarshilik ko‘rsatayotganini da’vo qilgan, chunki bir qator diplomatlar va razvedka xodimlari Amerika Qo‘shma Shtatlari Saudiya Arabistoni va BAA bilan ham yaqin harbiy va xavfsizlik aloqalari borligini ta’kidlagan. 

“Reuters” manbalari ushbu bosqichda 2022 yil bahorida Moskva va Kiyev delegatsiyalariga mezbonlik qilgan Turkiyani muzokaralar uchun mumkin bo‘lgan joy sifatida rad etgan. Agentlikning qayd etishicha, Anqara NATO a’zosi hisoblanadi.

Ar-Riyod va Abu-Dabi nashrning izoh so‘roviga javob bermagan, Kreml esa agentlikka izoh berishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi vakili Nikolas Bido joriy yilning 10 yanvar kuni chop etilgan mahalliy “Le Temps ” nashriga bergan intervyusida AQSH Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida kutilayotgan uchrashuv Shveysariyada bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytgandi. Shundan so‘ng, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov  ikki o‘rtadagi uchrashuv qayerda bo‘lishi haqida gapirishga hali erta degandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Donal'd Tramp muzokara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing