Putin Jeneva muzokaralaridan so‘ng yig‘ilish o‘tkazdi

Olam

image

Kecha, 20 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Ukraina masalasi bo‘yicha Jenevadagi muzokaralarda ishtirok etgan delegatsiya vakillaridan hisobot so‘radi.

Putin so‘zni Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilgan Prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy hamda Mudofaa vazirligi vakiliga bergan. U muzokaralar qanday o‘tganini va qanday kelishuvlarga erishilganini so‘ragan. 

Joriy yilning 17–18 fevral kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Rossiya, Ukraina va AQSH vakillari o‘rtasida Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgandi. Medinskiy muzokaralar qiyin, ammo ishchan ruhda o‘tganini bildirgan va yaqin orada yangi uchrashuv o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, muzokaralar yakunida hech qanday hujjat imzolanmagan. Faqatgina, Shveysariya tomoni uchrashuvni yuqori darajada tashkil etgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Jenevada Rossiya delegatsiyasi bilan o‘tkazilgan ikki kunlik muzokaralar natijalarini yetarli emas deb baholagandi. Zelenskiyga ko‘ra, delegatsiyalar o‘rtasidagi aloqalar jiddiy va mazmunli bo‘lgan. Shu bilan birga, nozik siyosiy masalalar, ehtimoliy murosalar hamda ikki davlat rahbarlari uchrashuvi zarurati bilan bog‘liq jihatlar hali yetarlicha ishlab chiqilmagan. U navbatdagi uchrashuvni yana fevral oyida o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lishini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ukraina Xavfsizlik Kengashi Rossiya Prezidenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing