Raqobat qo‘mitasi pulli “parkovka”ni o‘rganishni boshladi

Jamiyat

image

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi avtoturargoh operatorlarining ustun muzokara kuchini e’tirof etish yuzasidan tegishli o‘rganishlar olib bormoqda. Bu haqda qo‘mita xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan 11 ta tovar bozorida ustun mavqega ega bo‘lmagan, lekin bitim shartlari, tovarlar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lgan 66 ta korxonalar aniqlangan va ular ustun muzokara kuchi deb e’tirof etilgan.

Shu jumladan, Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi avtoturargoh operatorlarining ustun muzokara kuchini e’tirof etish yuzasidan tegishli o‘rganishlar olib borilmoqda.

“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasiga ko‘ra, ustun mavqega ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlari, tovarlar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lsa, bunday holat ustun muzokara kuchi deb e’tirof etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq demokratik partiyasi pulli “parkovka” narxlarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qo'mita parkovka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing