Rasman! 2026 yilgi Jahon chempionati start oldi

Sport

image

Rasman! Futbol bo‘yicha Jahon chempionati start oldi. Turnirning ochilish uchrashuvi Meksika va Janubiy Afrika bahsiga start berildi.

Turnirning ochilish uchrashuvida mezbon Meksika terma jamoasi Janubiy Afrikaga qarshi Mexiko shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Shu tariqa “Asteka” stadioni tarixda uchinchi bor Jahon chempionatining ochilish bahsiga mezbonlik qilmoqda.

2026 yilgi mundial turnir tarixidagi eng yirik Jahon chempionati bo‘ladi. Musobaqada 48 ta terma jamoa qatnashadi va jami 104 ta uchrashuv o‘tkaziladi. Final bahsi esa joriy yilning 19 iyul kuni Nyu-Jersidagi “MetLayf” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham tarixda ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. Fabio Kannavaro shogirdlari “K” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekistonning mundialdagi ilk bahsi joriy yilning 18 iyun kuni Mexikoda Toshkent vaqti bilan soat 7:00 boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing