Rasman: “Tottenxem”ga bosh murabbiy tayinlandi

Sport

image

Igor Tudor Angliyaning “Tottenxem” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, xorvatiyalik mutaxassis joriy mavsum oxirigacha jamoani boshqaradi.

“Igor bizga aniq maqsad bilan qo‘shildi: natijalarni yaxshilash, muvaffaqiyatga erishish va Premer-liga jadvalida yuqoriga ko‘tarilish. Uning vazifasi oddiy – mavsumning muhim bosqichida jamoaga tashkilotchilik, shiddatlilik va raqobatbardoshlikni olib kelish”, deyiladi klub bayonotida.

47 yoshli Tudor London klubiga tayinlanishidan oldin “Yuventus”, “Latsio”, “Marsel” va “Verona” jamoalarini boshqargan.

Ma’lumot uchun, hozirda “Tottenxem” Angliya Premer-ligasining 26-turidan so‘ng, 29 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 fevral kuni “Tottenxem” bosh murabbiyi Tomas Frank lavozimidan ozod qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

bosh murabbiy “Tottenxem” Igor Tudor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing