“Betis” murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
Sport
−
29 noyabr 826 2 daqiqa
Ispaniyaning “Betis” jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi. Klub va murabbiy shartnomani yana bir mavsumga, 2027 yilgi mavsum yakuniga qadar uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 72 yoshli Pellegrini bilan tuzilgan yangi kelishuv klubga uzoq muddatli reja asosida ishlash va jamoani barqaror ravishda rivojlantirish imkonini beradi.
Manuel Pellegrini 2020 yilda “Betis” bosh murabbiyligiga tayinlangan va birinchi kundan boshlab jamoaga sezilarli o‘zgarish olib kelgan. Uning qo‘l ostida klub 2021-2022 yilgi mavsumda Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan. Bu klubning so‘nggi 17 yildagi ilk yirik sovrini hisoblanadi. 2024-2025 yilgi mavsumda esa jamoa Konferensiyalar ligasi finaliga qadar yetib borgan. “Betis” hozirda La Liga turnir jadvalida 21 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, Manuel Pellegrini murabbiylik faoliyati davomida “River Pleyt”, “Vilyarreal”, “Malaga”, “Real Madrid” va “Manchester Siti” kabi klublarda ishlagan. Aynan “Manchester Siti”da u 2013-2014 yilgi mavsumda Premer-liga va ikki bor Angliya Ligasi kubogini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, Manuel Pellegrini Ispaniya La Ligasining 7-turdan o‘rin olgan “Betis” va “Osasuna” bahsidan so‘ng klub tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiyga aylangan edi.
Live
Barchasi