Ravshan G‘ulomov ham yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
30 Oktabr 10580 1 daqiqa
Ravshan Ayyubovich G‘ulomov yangi lavozimga tayinlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Ravshan Ayyubovich G‘ulomov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgan.
Ma’lumot uchun, Ravshan Ayubovich G‘ulomov turli yillarda Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari (2001-2004), O‘zbekiston Milliy banki raisi birinchi o‘rinbosari (2004-2006), “Asaka” bank raisi (2006-2007), Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari (2009-2010), Iqtisodiyot vaziri (2010-2011), Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vaziri (2011-2012), O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori (2012-2017) sifatida ishlagan.
Live
Barchasi