“Real” futbolchilari BMW oldi. Eng qimmati kimga nasib etdi?

Sport

image

“Real Madrid" futbolchilariga BMW avtomobillari topshirildi. Bu haqda klub ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Qirollik klubi” va BMW kelishuvi doirasida har yili jamoa o‘yinchilari va murabbiylariga avtomobil taqdim etiladi. Bu yil “Real” a’zolariga elektrokar yoki gibrid avtomobillar taqdim etildi. 

Eng mashxur model narxi 135 ming yevrodan boshlanadigan BMW i7 bo‘ldi. Bu rusumdagi avtomobilni Kilian Mbappe, Vinisius, Arda Guler, Eder Militao, Daniel Karvaxal, Antonio Ryudiger, Alvaro Karreras, Endrik, Raul Asensio, shuningdek, bosh murabbiy Xabi Alonso tanladi. 

Tibo Kurtua, Jud Bellingem, Rodrigo, Din Xyoysen, Braim Dias va Ferlan Mendi esa narxi 200 ming yevrogacha bo‘lgan XM modelini oldi.

Franko Mastantuono i4 (narxi 50 000 yevro), Trent Aleksander-Arnold va Eduardo Kamavinga iX (80 ming yevro) va Gonsalo Garsiya i5 (70 000 yevro), Andrey Lunin M5 (160 ming yevro) modelini tanladi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMW Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing