“Real Madrid” asosiy tarkib futbolchisi jarohat oldi
Sport
−
05 dekabr 1064 1 daqiqa
“Real Madrid”ning La Liga doirasida “Atletik Bilbao”ga (0:3) qarshi o‘yinidan so‘ng himoyachi Trent Aleksander-Arnoldning jarohat olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng uning chap oyog‘idagi to‘rt boshli son mushaklari shikastlangani aniqlangan. Klub Trentning tiklanish jarayoni davomida ahvoli muntazam kuzatib borilishini bildirgan.
Rasmiy bayonotda futbolchining maydonga qaytish muddati ochiqlanmagan bo‘lsa-da, Ispaniya matbuotining yozishicha, Aleksander-Arnold kamida ikki oy safdan chiqadi. Shu bois u 2026 yil yanvarida bo‘lib o‘tadigan Ispaniya Superkubogi bahslarida maydonga tusha olmaydi.
Shuningdek, “Real Madrid”ning o‘ng qanot himoyasi bo‘yicha yana bir varianti Dani Karvaxal ham jarohat bilan band. Ispaniyalik futbolchi yil boshida mashg‘ulotlarga qaytishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” yarim himoyachisi Dani Olmo Ispaniya La Ligasining 19-turida “Atletiko Madrid”ga (3:1) qarshi o‘yinda olgan jarohati sabab taxminan uch hafta maydonga tusha olmasligi haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr