“Real Madrid” Bilbaoda yirik g‘alabaga erishdi
Sport
−
04 dekabr 1403 1 daqiqa
Kecha, 3 dekabr kuni “Real Madrid” Superkubok uchrashuvlari sabab La Liga 19-turini muddatidan oldin o‘tkazdi. Ushbu tur doirasida madridliklar safarda “Atletik Bilbao”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yin boshidan boshlab Xabi Alonso shogirdlari tashabbusni qo‘lga oldi va 7-daqiqada jamoa hujumchisi Kilian Mbappe hisobni ochdi. Shundan so‘ng mezbonlar bir necha bor javob qaytarishga urinib ko‘rdi, ammo “Atletik Bilbao”ga aniqlik va omad yetishmadi. Birinchi bo‘limning 42-daqiqasida Mbappening aniq uzatmasidan so‘ng Eduardo Kamavinga hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida Mbappe jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan kuchli zarba bilan dublni rasmiylashtirdi. Uchrashuv shu hisob bilan yakun topdi va “Real Madrid” muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, “Real Madrid” ushbu g‘alabadan keyin 36 ochko jamg‘argan holda La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Atletik Bilbao” esa 20 ochko bilan 8-pog‘onada bormoqda. Navbatdagi turda madridliklar o‘z maydonida “Selta” jamoasini qabul qiladi. Ernasto Valverde shogirdlari esa “Atletiko Madrid” bilan bahs olib boradi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr