“Real Madrid” “El-Klasiko”da g‘alabaga erishdi

Sport

image

Ispaniyaning Madrid shahridagi “Santyago Bernabeu” stadionida butun dunyo intiqlik bilan kutgan “El Klasiko” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon “Real Madrid” o‘z maydonida “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq “Real” tashabbusni qo‘lga oldi. Vinisius Junior va Jud Bellingem faol harakat qilib, “Barselona” himoyasiga jiddiy bosim o‘tkazdi. 22-daqiqada Kilian Mbappe Bellingemning aniq uzatmasidan so‘ng darvozani nishonga olib, hisobni ochdi.

38-daqiqada Markus Reshfordning uzatmasidan keyin Fermin Lopes aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Ammo juda tezda Jud Bellingem yana sahnaga chiqdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi  - 2:1.

Ikkinchi bo‘lim boshida “Real Madrid” penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo Mbappening zarbasini “Barselona” darvozaboni mahorat bilan qaytardi. Shundan keyin ham “Real” ustunlikni qo‘ldan chiqarmadi va uchrashuvni to‘liq nazorat ostida tutib, g‘alabani saqlab qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Madrid El'-Klasiko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing