Robert Fitso O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso joriy yilning 8-10 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, O‘zbekiston-Slovakiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Ustuvor yo‘nalishlar – savdo, investitsiya va innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika, turizm sohalarida sheriklikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. 

Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro ahamiyatga molik masalalar, jumladan, ko‘p tomonlama maydonlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashiladi.

Yetakchilarning uchrashuvi yakunida O‘zbekiston bilan Slovakiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif doirasida Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Slovakiyadagi birinchi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) Baxtiyor Ibragimov ushbu mamlakat Prezidenti Peter Pellegriniga ishonch yorlig‘ini topshirgandi. Tantanali marosimdan so‘ng o‘tkazilgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Slovakiya Robert Fitso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing