Ronaldino 46 yoshida futbolga qaytmoqda
Sport
−
20 iyun 13421 2 daqiqa
2005 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Ronaldino 46 yoshida professional faoliyatini qayta tiklaydi va Italiyaning “Ravenna” klubi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda futbolchining o‘ziga tayanib, “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ronaldinoning rasmiy taqdimoti joriy yilning 23 iyun kuni Mayami shahrida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, braziliyalik futbolchi jamoaning yig‘inlarida ishtirok etib, murabbiylar shtabi bilan mavsumoldi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini boshlaydi. “Ravenna” klubini tadbirkor Inyatsio Chipriani boshqaradi.
“Yangi ranglar, o‘sha tabassum. Men yana to‘p bilan raqs tushishni va Inyatsio hamda Chipriani oilasi bilan yangi tarix yozishni intiqlik bilan kutyapman. Futbol men uchun har doim quvonch manbai bo‘lib kelgan va men shu ruhni Ravennaga olib kelmoqchiman”, deydi Ronaldino.
O‘tgan mavsumda “Ravenna” S seriyasi V guruhida 73 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egallagan va V seriyasiga chiqish uchun pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Biroq jamoa 1/8 finalda “Chittadella”ga mag‘lub bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Ronaldino faoliyati davomida “Gremio”, “Pari Sen-Jermen”, “Barselona”, “Milan”, “Flamengo”, “Atletiko Mineyro”, “Keretaro” va “Fluminense” jamoalarining sharafini himoya qilgan. U professional futbolchilik faoliyatini 2015 yilda yakunlagan edi. Braziliya terma jamoasi safida Ronaldino 1999 yilgi Amerika Kubogi, 2002 yilgi Jahon chempionati va 2005 yilgi Konfederatsiyalar kubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u 2005 yilda “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi