Ronaldu endi avvalgidek emas – Roberto Martinez

Sport

image

Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinez terma jamoa sardori Krishtianu Ronalduning jamoadagi yetakchilik roli haqida fikr bildirdi. Bu haqda Martines “Goal” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Men kelganimdan beri Krishtianu haqiqiy professional sifatida namuna ko‘rsatmoqda. U barchaga o‘rnak bo‘ladigan sardor. Futbol nuqtai nazaridan u endi “Manchester Yunayted”dagi ilk mavsumidagidek futbolchi emas. U endi qanotda harakat qiladigan yoki qat’iy pozitsion intizom talab qilinadigan rolni bajarmaydi. Hozir uning asosiy vazifasi — hujumlarni yakunlash”,  deydi Roberto Martinez.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar va eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi. U milliy jamoa safida 226 ta uchrashuvda maydonga tushib, 143 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi  AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida O‘zbekiston, Kolumbiya, va (Kongo, Yamayka va Yangi Kaledoniya) qit’alararo pley-off g‘olibi bilan birga “K” guruhidan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Portugaliya Roberto Martinez

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing