Ronaldu Madridda shaxsiy klub ochadi

Sport

image

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu Madridda yangi shaxsiy a’zolik klubini ochishga hozirlik ko‘rmoqda. Mobil telefonlar va suratga olish to‘liq taqiqlanadigan ushbu loyiha joriy yil yakuniga qadar ishga tushiriladi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ronaldu tadbirkor Inigo Oniyevi va biznesmen Manuel Kampos Guallar bilan hamkorlikda Vega Private Members Club'ini yaratmoqda. Klub Madridning eng qimmat hududi – Oltin mil markazidagi Lagasca ko‘chasi, 88-uyda joylashadi. Ochilish yil yakunida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

1 000 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan makonda mobil telefonlar va suratga olish to‘liq taqiqlanadi, bu esa klubning maxfiylikka qaratilgan asosiy talablaridan biridir. Kunning birinchi yarmida klub biznes uchrashuvlari, shaxsiy ofislar, kovorking maydonlari va podkast studiyasi sifatida ishlatiladi. Kechasi esa u eksklyuziv kechki ovqatlar, yopiq tadbirlar va maxsus barlar bilan ijtimoiylashuv makoniga aylanadi.

Shuningdek, a’zolarga mo‘ljallangan maxsus vino klubi ham tashkil etiladi. Klubga kirish arzon emas. Eng obro‘li, faqat taklifnoma orqali beriladigan a’zolikning bir martalik to‘lovi 15 000 yevro. Bu paket umrbod kirishni ta’minlaydi. Shuningdek, yillik 2 400 yevro va 2 000 yevrolik boshlang‘ich to‘lov talab qilinadigan boshqa paketlar ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu aralash yakkakurashlar bo‘yicha WOW FC kompaniyasining hammuallifiga aylangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu shaxsiy a'zolik klubi 15 000 evro to'lov Madridning eng qimmat hudud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing