Ronaldu muxlislarga murojaat yo‘lladi
Sport
−
12 may 1813 1 daqiqa
Portugaliyalik futbol yulduzi, “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 32-turida “Al-Hilol”ga qarshi hal qiluvchi o‘yin oldidan muxlislarga murojaat qildi. Bu haqda u X tarmog‘ida yozib qildirdi.
“Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz bizni har hafta ilhomlantirdi. Stadionda, uyda va butun dunyo bo‘ylab. Bu energiya maydonda biz bilan birga. Keling, shunday qilaylik, bu bizga samara bersin. Biz uchun. Siz uchun. “Al-Nasr” uchun. U yerda ko‘rishguncha!”, deb yozdi Ronaldu.
Turnir jadvalida vaziyat juda keskin: ikki tur qolgani va o‘zaro to‘qnashuv borligi sababli “Al-Nasr” hozir “Al-Hilol”dan 5 ochko oldinda bormoqda. Ammo “Al-Hilol”ning o‘yin zaxirasi borligi tufayli ushbu bahs chempionlik taqdirini hal qiladi. Agar “Al-Nasr” ushbu o‘yinda g‘alaba qozonsa, chempionlik uchun kurashda favoritga aylanadi. Jamoalar bugun, 12 may kuni Ar-Riyod shahridagi “Al-Avval Park” stadionida maydonga tushadi.
Live
Barchasi