Rossiya 19 ta davlatga hujum qildi, ammo hech kim javob qaytarmadi – Kallas
Olam
−
02 fevral 9825 1 daqiqa
Rossiya so‘nggi 100 yil ichida 19 ta davlatga hujum qilgan, ammo hech bir davlat unga javob qaytarmagan. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Norvegiya poytaxti Osloda bo‘lib o‘tgan konferensiyada so‘z ochdi.
Yevropa diplomatiyasi rahbariga ko‘ra, Moskva endi o‘zining harbiy byudjeti, armiyasi va yadroviy qurolini cheklashi kerak. Qoidalarga asoslangan dunyo tartibi har doim illyuziya bo‘lib kelgan va aslida eng kuchlilarning qonuni ishlamoqda.
“Qoidaga asoslangan dunyo tartibi illyuziya degan bahs, e’tiqod mavjud. Bu har doim o‘rmon qonuni bo‘lgan – kimning kuchi bo‘lsa, o‘zi xohlagan narsani qiladi. Lekin hatto o‘rmonda ham hayvonlar o‘rtasida hamkorlik muhiti mavjud”, deydi Kallas.
Uning aytishicha, kichik davlatlar uchun qoidalarga asoslangan dunyo tartibi ularni himoya qiladi. Agar bu ish bermasa, ularning himoyasi yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kallas Xitoy Rossiyani qo‘llashni to‘xtatishi kerakligini aytib chiqqan edi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral