Rossiya Afg‘onistondan ham migrantlarni jalb qilmoqchi
Olam
−
02 fevral 3287 1 daqiqa
Rossiya Afg‘onistondan mehnat migrantlarini jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining Rossiyadagi elchisi Gul Hasan TASSga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ijobiy natijalarga erishish uchun asoslar mavjud. Afg‘oniston yosh, malakali va professional kadrlarni taklif qilishga tayyor.
Shu bilan birga, tomonlar aviaqatnovlarni kengaytirish ustida ham ishlamoqda. Gap Kam Air aviakompaniyasi tomonidan Qobul va Moskva o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish haqida bormoqda. Diplomatning ma’lumotiga ko‘ra, bunday parvozlarni “yaqin kelajakda” kutish mumkin. Hozirda poytaxtlar o‘rtasida Ariana Afghan Airlines aviakompaniyasi haftasiga bir marta “Sheremetevo” aeroportidan parvoz amalga oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Rossiya Afg‘onistonda hokimiyat tepasida turgan “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqargan, shundan so‘ng hukumatni rasman tan olgan birinchi va hozircha yagona davlatga aylangan edi. Shundan keyin Moskva energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma sohalaridagi loyihalarga urg‘u berilgan holda hamkorlik uchun “katta istiqbollar” borligini ma’lum qilgan.
Live
Barchasi