Rossiya metrolarida telefonni tekshirtirish majburiy bo‘ldi

Olam

image

Rossiyaning ayrim shaharlarida metropoliten xodimlari  yo‘lovchilarning elektron qurilmalarini majburiy tekshirishni boshladi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yekaterinburg va Sankt-Peterburgda kuchga kirgan yangi qoidalarga ko‘ra, yo‘lovchilar telefon, kompyuter va boshqa qurilmalarning ishlashini tasdiqlash uchun ularni yoqib ko‘rsatishi shart.

“Yangi qoidadan asosiy maqsad terrorizmga qarshi himoyani kuchaytirishdan iborat. Bu qurilmalar portlovchi qurilmalar sifatida ishlatilishi, ularning korpuslarida portlovchi yoki taqiqlangan moddalarni olib o‘tilishi mumkin”, deb bayonot bergan Yekaterinburg metropoliteni matbuot xizmati.

Yangi qoidalarga nisbatan Yekaterinburg aholisi ijtimoiy tarmoqlarda faol norozilik bildirgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, agar telefon quvvati tugasa, yo‘lovchilar metrodan foydalana olmaydi va bu ularga noqulaylik keltirib chiqaradi.

Shu kabi qoidalar Sankt-Peterburg metrosida ham  joriy qilingan. Mahalliy qonunlarga ko‘ra, metrodagi zaryadlash punktlaridan maxsus ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi. Shu sababdan telefonining quvvati tugagan yo‘lovchilarning metroga kirishi mumkin emas.

“Yangi qoidalar Transport vazirligining 2025 yil 4 fevraldagi 34-sonli Federal buyrug‘iga asoslanib, qurilmalarni nafaqat skanerlash, balki majburiy faollashtirish orqali tekshirishni talab qiladi. Ilgari bu tartib ixtiyoriy edi, ammo endi majburiy bo‘ldi”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya metro telefon majburiy tekshirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing