Rossiya Ukrainadagi urushni yakunlash uchun eng muhim shartni aytdi

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlari Moskva va Kiyev o‘rtasidagi mojaroni hal etish uchun Donbass hududini tark etishi lozim. Bu haqda kecha, 23 yanvar kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan o‘tkazilgan navbatdagi brifingda ma’lum qildi.

“Rossiyaning pozitsiyasi ma’lum: Ukraina Qurolli kuchlari Donbass hududini tark etishi kerak. Bu mojaroni tartibga solishning muhim shartlaridan biridir”, degan Kreml vakili.

Peskovning ta’kidlashicha, tinchlik muzokaralari doirasida kun tartibida qolayotgan boshqa masalalar ham mavjud.

O‘tgan yilning dekabr oyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham AQSH Donbassning Ukraina nazoratidagi qismidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni Rossiya bilan tinchlik kelishuvining shartlaridan biri sifatida ilgari surayotganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH taklifiga binoan Rossiya qo‘shinlari ham Donbassning ushbu qismiga kirmasligi kerak.

Zelenskiy mazkur tashabbusni adolatsiz deb baholagan va Ukraina qo‘shinlari chekingan taqdirda Rossiya Qurolli kuchlari ham xuddi shunday qadam tashlashi lozimligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirlarida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hali ham Ankorij sammitida kelishib olingan muayyan yon berishlarga tayyorligini aytgandi. Bu kelishuvdan Donbassdan Ukraina qo‘shinlarining chiqib ketishi ham joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing