Rossiya raketasi Eron sun’iy yo‘ldoshlarini kosmosga uchirdi
Texnologiya
−
29 dekabr 2025 2975 2 daqiqa
Kecha, 28 dekabr kuni Rossiya Eronning uchta sun’iy yo‘ldoshini kosmosga uchirdi. Eronning Kosar, Paya va Zafar-2 sun’iy yo‘ldoshlarini olib ketayotgan Rossiyaning “Soyuz” raketasi Rossiyaning Uzoq Sharqidagi “Vostochniy” kosmodromidan ko‘tarilib, taxminan 500 kilometr balandlikdagi Yer orbitasiga chiqdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Keltirilishicha, uchirilgan sun’iy yo‘ldoshlar qishloq xo‘jaligi uchun ekologik ma’lumotlarni to‘plash va tabiiy ofatlarni kuzatish uchun mo‘ljallangan. Eron ilgari kosmosga bir nechta sun’iy yo‘ldoshlarni uchirgandi. Mamlakat dastur faqat tinchlik maqsadlarida ekanligini va harbiy maqsadlarda ishlatilmasligini bildirmoqda.
Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bu harakatlarni “sof ilmiy missiya” deb atadi.
“Eron shunchaki o‘z texnologiyasini rivojlantiryapti va sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish bu jarayonning bir qismidir”, dedi u.
Shuningdek, Rossiya nafaqat Eron balki Belarus va Ekvadorga tegishli sun’iy yo‘ldoshlarni ham orbitaga olib chiqgan. Raketa Moskva vaqti bilan 16:18 da uchirilgan. Bundan tashqari yana 50 ta ta’limga mo‘ljallangan su’niy yo‘ldoshlarni ham fazoga yuborgan.
Ma’lumot o‘rnida, Isroil va G‘arb mamlakatlari, jumladan, Qo‘shma Shtatlar, Eronning sun’iy yo‘ldosh dasturini tanqid qilmoqda, chunki Tehron kosmik texnologiyalardan harbiy maqsadlarda foydalanishi mumkinligidan xavotirda. Tanqidchilar ilmiy dasturda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ishtirok etganiga ishora qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston ilk bor o‘zining sun’iy yo‘ldoshi va fazogirini kosmosga uchirishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi