Rossiya rus tili rasmiy til bo‘lgan davlatlarning haydovchilik guvohnomasini tan olmoqchi

Olam

image
Putin Rahmonga rus tilini qo‘llab-quvvatlagani uchun rahmat aytdi north_east

Putin Rahmonga rus tilini qo‘llab-quvvatlagani uchun rahmat aytdi

Rossiya rus tili rasmiy til bo‘lgan mamlakatlardan haydovchi sifatida ishlashga borayotganlarning haydovchilik guvohnomalarini tan oladi. Bu haqda Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin parlament quyi palatasining yalpi majlisida ma’lum qildi.

“Rus tili rasmiy til bo‘lmagan mamlakatlardan kelganlarning haydovchilik guvohnomasini tan olmaymiz. Bunda ushbu davlat fuqarolari qoidalar va imtihonlardan o‘tishi kerak, shundan keyingina ularning haydovchilik guvohnomasini tan olish mumkin bo‘ladi”, dedi Volodin.

Shuningdek, u Rossiyada chet elliklarning haydovchilik guvohnomasini tan olishda rus tilini bilish “asosiy masala” ekanini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaga borayotgan va u yerda ishlashni xohlovchilar uchun bir qator talablar bor.

“Ular rus tilini bilishi, milliy qonunlarimiz, madaniyatimiz, an’analarimiz va tariximizni hurmat qilishi kerak. Biz hech kimni kamsitmayapmiz, biz o‘z suverenitetimizni himoya qilamiz”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Rossiyaning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, xorijiy haydovchilik guvohnomalari Rossiyada tan olinadi. Ular rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 196-FZ-sonli Federal qonunning 25-moddasi 12-bandiga binoan, chet elliklar Rossiyada ishlash uchun imtihon topshirishi va rus haydovchilik guvohnomasini olishi kerak (masalan, taksi haydovchisi sifatida).


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya rus tili haydovchilik guvohnomasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing