Shri-Lankada rossiyalik sayyohlarga fil hujum qildi (video)
Olam
−
12:37 3857 1 daqiqa
Rossiyalik sayyohlar Shri-Lankada ta’til paytida xavfli hodisaga duch keldi – ularning transport vositasiga fil hujum qildi. Bu haqda “Life” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyalik oila farzandi va do‘stlari bilan birga ijaraga olingan mashinada Shri-Lankadagi milliy bog‘lardan biriga sayohat qilayotgan bo‘lgan. Yo‘lning bir qismida ular og‘irligi qariyb uch tonna bo‘lgan Shri-Lanka filiga duch kelgan.
Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, fillar ko‘pincha sayyohlardan shirinlik yoki meva olish maqsadida yo‘lni to‘sib qo‘yadi va “sovg‘a” olgach, mashinalarni o‘tkazib yuboradi. Rossiyalik ayollardan biri filga meva bergan, biroq shundan so‘ng hayvon kutilmaganda tajovuz qilgan.
Fil transport vositasini silkitib, mashina eshigini uzib tashlagan va uni ag‘darib yuborishga uringan. Vahimaga tushgan sayyohlar mashinadan yalangoyoq holda yugurib chiqib ketgan.
Bir necha daqiqadan so‘ng fil tinchlangan va sayyohlar yo‘lini davom ettirishga muvaffaq bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Qaytishda esa ular uzilib ketgan eshikni o‘zlari bilan olib ketgan.
Live
Barchasi