Rossiya yana Ukrainaga hujum uyushtirdi

Olam

image

Bugun, 3 fevral kuniga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaning Kiyev, Dnepr, Xarkov, Odessa va boshqa shaharlariga dron va raketa hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda Xarkov shahri meri Igor Terexov o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga zarbalari ortidan shahar hokimiyati eng yirik issiqlik elektr stansiyalaridan biri tomonidan quvvatlanadigan 820 ta binoda isitish tizimini o‘chirishga majbur bo‘lgan.

Bugun, 3 fevral kuni NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Kiyevga yetib keladi. Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, u bugun Oliy Radada nutq so‘zlashi kerak edi. Biroq, Rossiya hujumlaridan so‘ng parlament binosida ham elektr energiya va isitish tizimi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmoqda.

Igor Terexov sahifasida Xarkovning o‘qqa tutilishi uch soatdan ortiq davom etgani haqida yozgan. 

“Hujumlar energetika infratuzilmasiga qaratilgan. Maqsad aniq – maksimal darajada zarar yetkazish va sovuq ob-havo sharoitida shaharni isitish tizimisiz qoldirish. Biz zudlik bilan muhim qarorlar qabul qilishimiz lozim. Men -20 darajada buni amalga oshirish qanchalik qiyinligini tushunaman. Ammo, mazkur infratuzilmaga berilgan hujum bizni tezkor qaror qabul qilishga majbur qiladi”, degan Terexov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin sovuq ob-havo tufayli Ukrainaga hujum qilmaslikka qaror qilgani haqida xabar berilgan edi. Biroq, ushbu og‘zaki kelishuvga qaramay, bugun 30 yanvar kuni Rossiya Ukraina hududiga hujum uyushtirgandi. 

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing