Rossiyada harbiy samolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor
Olam
−
14 noyabr 8189 1 daqiqa
Kecha, 13 noyabr kuni Rossiya tarkibidagi Kareliya Respublikasida o‘quv parvozi vaqtida Su-30 harbiy samolyoti qulab tushdi. Hodisa oqibatida ekipaj a’zolarining hech biri tirik qolmagan. Samolyot odamlar yashamaydigan hududga qulagan. Bu haqda Kareliya rahbari Artur Parfenchikov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Prionejskiy tumanida harbiy samolyot qulagani haqida ma’lumot oldim. Kareliyaning tezkor xizmatlarini halokat joyiga yubordim”, deb yozgan u.
Keyinchalik, samolyot qulashi oqibatida ikki nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgani ma’lum qilingan. Samolyot o‘quv-mashg‘ulot parvozini bajarayotgan bo‘lgan. Aholi orasida zarar ko‘rganlar yo‘q. U aholi punktlaridan tashqaridagi o‘rmon hududiga qulagan. Halok bo‘lgan uchuvchilar 159-aviatsiya qiruvchi polkining harbiy xizmatchilari bo‘lgan.
“Halok bo‘lganlarning yaqinlari va qarindoshlariga chin dildan hamdardlik bildiraman. Ularga zarur yordam ko‘rsatamiz”, deydi Parfenchikov.
Hozirda samolyotning qulashi sabablari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 noyabr kuni Turkiya harbiy samolyoti Gruziya hududida halokatga uchragan edi. Turkiya hukumati rasmiy ravishda hodisa oqibatida 20 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganini tasdiqlagan. Barcha uchuvchilarning jasadlari hodisa joyidan topilgan. Hozirda Turkiyada halok bo‘lgan samolyot urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Shu vaqt ichida mamlakatda S-130 samolyotlarining parvozi to‘xtatilgan.
Live
Barchasi