Rossiyada ayrim migrantlar bepul tibbiy xizmatdan foydalanolmasligi mumkin

Olam

image

Rossiya Davlat Dumasining kecha, 20 noyabrda qabul qilgan yangi qonuniga ko‘ra, endi majburiy tibbiy sug‘urta (OMC) polisini faqat Rossiyada kamida besh yil ishlagan mehnat muhojirlari olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Davlat Dumasining saytida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, endi 5 yil davomida Rossiyada ishlamagan migrantlar bepul tibbiy yordamdan foydalana olmaydi. Favqulodda vaziyatlar tug‘ilganda yangi qoidani chetlab o‘tish mumkin. 

Hozirgi qonunchilikka ko‘ra, OMC huquqiga ega bo‘lish uchun migrantlar kamida uch yil Rossiyada ishlashlari kerak edi. Yangi qonunga ko‘ra, vaqtincha Rossiyada ishlayotgan va yashayotgan xorijiy fuqarolar ham besh yillik ish tajribasiga ega bo‘lishlari lozim, yuqori malakali mutaxassislar va chet el kompaniyalarining Rossiya filiallariga yuborilgan xodimlar bundan mustasno.

Ma’lumot uchun, OMC polisi davlatning ijtimoiy dasturi doirasida bepul tibbiy yordam olish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Qonun Prezident tomonidan imzolanganidan keyin kuchga kiradi.

Davlat Dumasining raisi Vyacheslav Volodinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada yuqori standartdagi ijtimoiy kafolatlardan foydalanishni xohlovchi xorijiy fuqarolar o‘z huquqini halol va qonuniy mehnat orqali tasdiqlashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin xorijiy ishchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarini kengaytiruvchi qonunni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing