Rossiyada qarovsiz qolgan 35 bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
03 noyabr 1983 1 daqiqa
Rossiya hududida ota-ona qarovisiz, nazoratsiz yoki og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan bir guruh voyaga yetmagan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axboro agentligi xabar berdi.
Mazkur ishni amalga oshirishda O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Milliy ijtimoiy himoya agentligi hamkorligida tuzilgan ishchi guruh harakat qilgan.
Jumladan, dastlab ishchi guruh tomonidan Sankt-Peterburg, Chelyabinsk va Moskva shaharlarida nazoratsiz qolgan yoki og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan 16 nafar voyaga yetmagan bola aniqlanib, O‘zbekistonga qaytarilgan.
Shuningdek, Yekaterinburg, Volgograd, Ufa, Nijniy Novgorod, Xakasiya, Moskva viloyati, Maxachqal’a va Novosibirsk shaharlaridan 19 nafar ota-ona qarovisiz qolgan bolaning O‘zbekistonga qaytishiga ham ko‘maklashilgan.
Voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini aniqlash, ularni mamlakatga qaytarish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish ishlari Rossiyaning vakolatli organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida ota-ona qaramog‘isiz qolgan besh nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarilgandi.
Live
Barchasi