Rossiyada qozog‘istonliklar ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo‘ldi (video)
Olam
−
30 mart 7705 1 daqiqa
Joriy yilning 26 mart kuni Rossiyaning Ust-Luga posyolkasidagi qurilish maydonida ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan Qozog‘iston fuqarolari hibsga olindi. Bu haqda “Tengrinews” xabar qildi.
Qayd etilishicha, mojaro Qozog‘iston ishchilari bilan mahalliy qo‘riqchilar o‘rtasidagi ziddiyatdan boshlangan. Dastlab, tartibsizliklarda bir necha yuz kishi qatnashgan. Hodisadan so‘ng 30 dan ortiq shaxs ushlangan, ammo dastlabki tergovdan keyin ularning aksariyati qo‘yib yuborilgan.
Ayrim shaxslarga, jumladan, Qozog‘iston fuqarolariga ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha 10 sutka qamoq jazosi tayinlangan. Yana uch nafar Qozog‘iston fuqarosi ustidan tergov davom etmoqda.
Jarohatlangan yoki tibbiy yordamga muhtoj fuqarolar yo‘q. Barcha Qozog‘iston fuqarolariga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi Moskva viloyatidagi “Crocus City Hall” majmuasida sodir etilgan teraktning tojikistonlik to‘rt nafar bevosita ijrochisini umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilgandi.
Live
BarchasiO‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
12 aprel