Rossiyada o‘zbekistonlik 43 yoshli mehnat muhojiri vafot etdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasiga vaqtincha ishlash maqsadida borgan O‘zbekiston fuqarosi buyrakda kuzatilgan og‘ir xastalik tufayli vafot etdi. Ayni paytda marhumning jasadi morgda saqlanmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, 1982 yilda tug‘ilgan R.N. Rossiyaning Moskva viloyati, Klin shahrida joylashgan morgda vaqtincha saqlanmoqda. U yerda bo‘lib turgan vatandoshlar tahririyatga murojaat qilib, marhumning yaqin qarindoshlarini topishda yordam so‘radi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro o‘tkir buyrak shamollashi asorati oqibatida taxminan bir hafta oldin vafot etgan.

Holat yuzasidan batafsil ma’lumot olish maqsadida QALAMPIR.UZ O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov bilan bog‘landi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 24 dekabr kuni marhumning tanishlari jasadni morgdan olib chiqish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni shifoxonadan qabul qilib olgan. Fuqaroning ukasi bilan bog‘lanilganda, marhumning jasadini Rossiya Federatsiyasida dafn etilishi aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyul kuni Rossiyada vafot etgan o‘zbekistonlikning jasadi Toshkentga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik mork

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing