Rossiyada o‘zbekistonlik migrant 7-qavatdan yiqilib halok bo‘ldi

3-sahifa

image
Joriy yilning 8 may kuni O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaning Ulan-Ude shahridagi qurilish ketayotgan ko‘p qavatli uy binosining 7-qavatidan yiqilib halok bo‘ldi. Yana bir fuqaro esa, og‘ir jarohat oldi. Bu haqda O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulligi xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa minorali kran operatorining ehtiyotsizligi oqibatida yuz bergan. U ish jarayonida qurilish konstruksiyalariga behosdan zarar yetkazgan. Voqea vaqtida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi himoya kamarlarisiz qurilish konstruksiyasida ishlayotgan bo‘lgan. Oqibatda jabrlanganlardan biri og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, ikkinchi fuqaro esa, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 217-moddasi 2-qismi (ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lgan holat) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Migratsiya agentligining Novosibirskdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda marhumning jasadini O‘zbekistonga qaytarish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Sakarya viloyati So‘g‘utli tumanida joylashgan sanoat zonasidagi alyumin zavodida 54 yoshli o‘zbekistonlik ishchi press dastgohi ostida qolib, fojiali tarzda halok bo‘lgandi.

Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant O'zbekiston Ulan-Ude

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing