Rossiyadagi sirkda yo‘lbars tomoshabinlar tomon sakradi (video)

Olam

image

Rossiyaning Rostov shahridagi sirkda tomosha vaqtida yo‘lbars tomoshabinlar tomon sakrab, to‘siqdan chiqdi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Hodisa Dovgalyuklar sulolasi sirkida yuz bergan. Ma’lum qilinishicha, artistlar bilan tomoshabinlarni ajratib turgan himoya to‘sig‘i qulab tushganidan so‘ng voqea sodir bo‘lgan.

Videolavhalarda to‘siq ortida uchta yo‘lbars va ikki nafar murabbiy bo‘lgani ko‘rinadi. To‘siqning to‘satdan qulashi hayvonlarda vahima uyg‘otgan va yo‘lbarslardan biri to‘siqdan sakrab o‘tgan. Tomoshabinlar zudlik bilan zaldan evakuatsiya qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.

Sirk ma’muriyati hodisa yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.

Afishaga ko‘ra, tomoshada sherlar, yo‘lbarslar va boshqa hayvonlar ishtirok etadi. Sirkka mustaqil kirish 14 yoshdan ruxsat etiladi, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kirish bepul.

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda. Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya tsirk yo'lbars

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing