Rossiyadagi tug‘uruqxonada qisqa vaqtda 9 nafar chaqaloq vafot etdi

Olam

image

Rossiyaning Novokuznetsk shahridagi tug‘ruqxonalardan birida ikki hafta ichida to‘qqiz nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, joriy yil yanvar oyining boshidan buyon Novokuznetskdagi 1-sonli tug‘ruqxonada to‘qqiz nafar chaqaloq hayotdan ko‘z yumgan. Hozirda tibbiyot muassasasi xodimlar orasida O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) bilan kasallanish darajasi yuqori bo‘lgani sababli yopilgan. Muassasa ma’muriyati akusherlik statsionarida kadrlar tanqisligi yo‘qligini, qayta ochilish sanasi keyinroq e’lon qilinishini bildirgan.

TASSning yozishicha, Rossiya Tergov qo‘mitasining Kemerovo viloyati bo‘yicha tergov boshqarmasi Novokuznetskdagi tug‘ruqxona yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma’lum qilgan. Sanitariya-epidemiologik ko‘rsatkichlar sababli Kurbatov nomidagi 1-sonli akusherlik statsionariga yotqizish ishlari vaqtincha to‘xtatilgan va karantin tadbirlari o‘tkazilmoqda.

“Shunday holat yuz berdi. Hozirda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi komissiyasi vaziyatni baholash va bunday holatlarning oldini olish choralarini ko‘rish uchun voqea joyiga chiqqan. Tekshiruv yakunlangach, rasmiy ma’lumot beramiz”, deydi mintaqa Sog‘liqni saqlash vaziri Andrey Tarasov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Payariq tumanida ayol tug‘uruqxonada chaqalog‘ini dunyoga keltirib, axlat chelagiga tashlab ketgani va keyinroq ushbu chaqaloqning onasi topilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

chaqaloq tug'uruqxona Novokuznetsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing