Rossiyadagi YTHda o‘zbekistonliklar halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 24 may куни Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Mordoviya Respublikasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, Yana ikki nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.

O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, YTH M5 “Ural” trassasida sodir bo‘lgan. Salonida 4 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan Spark qarama-qarshi tomondan kelayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Natijada haydovchi, 1961 yil tug‘ilgan Nosirjon Dadaxonov va yo‘lovchi, 1991 yil tug‘ilgan Dilshodbek Jamoliddinov voqea жойида qurbon bo‘lgan. Mashinada bo‘lgan qolgan ikki yo‘lovchi: 1969 yil tug‘ilgan Abdug‘affor Qodirov va 1969 yil tug‘ilgan Abduqodir Holiqov Zubovo-Polyana tumani shifoxonasiga yotqizilgan. Уларнинг ahvoli og‘ir barqaror ekani aytilyapti.

Qayd etilishicha, Bosh konsulxona mahalliy hokimiyat organlari bilan алоқа o‘rnatib, vaziyatni nazoratga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Rossiya

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing