Said-Abdulaziz Yusupov ishi bo‘yicha sud boshlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish Jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupov DXX tomonidan hibsga olingani va unga nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqida xabar bergan edik.

Hozirga kelib tergov harakatlari yakunlangan va ish sudga yuborilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida Said-Abdulaziz Yusupov (1982 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlangan, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud boshlandi.

Sudlanuvchi Said-Abdulaziz Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167, 168 va 28,211 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Sud jarayoni davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

sud Said-Abdulaziz Yusupov

Baholaganlar

124

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made