Saida Mirziyoyeva “Arqadag‘”ning qizi bilan uchrashdi
Jamiyat
−
10 dekabr 44841 1 daqiqa
Bugun, 10 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkmanistonning Avaza shahriga tashrif doirasida Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning to‘ng‘ich qizi Oguljahon Otaboyeva bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Avazaga tashrif doirasida G‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti Oguljahon Otaboyeva bilan uchrashuv o‘tkazdim. Muhim sana – Turkmaniston betarafligining 30 yilligi bilan samimiy tabrikladim”, deb yozdi u.
Mirziyoyevaning bildirishicha, uchrashuvda gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, bolalikni himoya qilish sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilingan.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining yaqinda o‘tgan muzokaralarining samarali natijalari, jumladan, “Shovot-Toshhovuz” savdo zonasi ochilgani alohida ta’kidlangan.
“Birgalikda jamg‘arma ko‘rgazmasi va tibbiyot klasteri loyihalari bilan tanishdik, hamkorlikni davom ettirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanimizni tasdiqladik”, deb yozgan Saida Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Turkmanistonning Avaza shahrida “Zamonaviy jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi