Saida Mirziyoyeva Ichan-qal’ani ko‘zdan kechirdi
Jamiyat
−
28 aprel 5272 1 daqiqa
Kecha, 27 aprel kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xivadagi Ichan-qal’a majmuasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Mirziyoyevaning yozishicha, u Ichan-qal’aning asosiy ob’ektlari – “Toshhovli” saroyi, Muhammad Amin inoq va Muhammad Aminxon madrasalari, Juma masjidi, “Ko‘hna Ark” majmuasini ko‘zdan kechirgan. Qadimiy markazning master-rejasi, shuningdek, yodgorliklarni restavratsiya qilish va muzeyga aylantirish masalalari muhokama qilingan.
“Umumiy tarixiy ildizlarimiz, betakror milliy o‘zligimizni asrab-avaylash maqsadida Xorazm viloyatida madaniy merosni muhofaza qilish dasturi ishlab chiqiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Xorazmga tashrif buyurib, ta’mirtalab bog‘cha va maktabni ko‘zdan kechirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi