Saida Mirziyoyeva Xorazm viloyati rahbarlari bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 27 aprel kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida viloyat va tumanlar rahbariyati bilan ucrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, viloyatdagi milliondan ortiq odamni toza ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan “Urganch-1” yirik nasos stansiyasi zudlik bilan modernizatsiya qilinishi va yangilanishi zarur bo‘lgan ob’ektlardan biri.

“Bugun ko‘tarilgan barcha masalalar eng qisqa muddatlarda hal etilishi shart. Viloyat hamda tumanlar rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan yakuniy yig‘ilishda hududdagi vaziyat muhokama qilinar ekan, bunga alohida urg‘u berildi. Muammolarni ochiq-oydin gapirish, birgalikda tahlil qilish va ustuvor tartibda hal etish muhimdir”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Xorazmga tashrif buyurib, ta’mirtalab bog‘cha va maktabni ko‘zdan kechirgani haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing