Saida Mirziyoyeva “Lazgi” festivalining ochilishida ishtirok etdi

Jamiyat

image

Kecha, 27 aprel kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xiva shahrida “Lazgi” III xalqaro raqs festivali ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Mirziyoyevaning yozishicha, marosimda dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilar, YUNESKO vakillari, diplomatlar, olimlar va raqs san’ati ustalari jonli tarixni his qilish uchun kelgan.

Shuningdek, u ochilish marosimida davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning tabrigini o‘qib eshittirgan. Tabrikda “Lazgi” sivilizatsiyaning yorqin ramzi ekaniga urg‘u berilib, uch ming yillik tarixga ega bu raqs – bugun dunyoning eng nufuzli sahnalarini zabt etayotgani e’tirof qilingani aytilgan.

“Lazgi – xalqimizning jozibador harakatlarda aks etgan qalbi, madaniyatlar va sivilizatsiyalarning muloqotidir”, deydi Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xorazmga tashrif buyurib, ta’mirtalab bog‘cha va maktabni ko‘zdan kechirgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, u Xivadagi Ichan-qal’a majmuasini ko‘zdan kechirgan
 


Maqola muallifi

Teglar

Xiva Saida Mirziyoeva Prezident Administratsiyasi rahbari “Lazgi” III xalqaro raqs festivali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing