Saidov Aroqchi bilan Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi

Jamiyat

image

Bugun, 3 mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sayyid Abbos Aroqchi bilan telefon orqali muloqot qilib, Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

“So‘nggi voqealar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya izhor etib, jabrlangan oilalarga nisbatan hamdardligimizni bildirdik. Hamkasbim bilan mintaqadagi vaziyatni muhokama qildik va har qanday keyingi keskinlashuv jiddiy gumanitar va xavfsizlik oqibatlariga olib kelishi mumkinligini qayd etdik”, deydi Saidov.

Shuningdek, muloqotda barcha kelishmovchilik va nizolar faqat tinch yo‘l bilan – muloqot va diplomatiya orqali hal etilishi lozimligi haqidagi qat’iy va izchil pozitsiya yana bir bor tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘llagan edi. 

Qayd etish joiz, bungacha Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli QatarQuvayt va Birlashgan Arab Amirliklari xalqiga hamdardlik bildirgan hamda Ummon sultonligini va Iordaniyani qo‘llab-quvvatlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaqin Sharq Baxtiyor Saidov Abbos Aroqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing