Saidov TDT Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida qatnashdi
Jamiyat
−
07 mart 2721 1 daqiqa
Bugun, 7 mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida qatnashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
“Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etganimizdan mamnunmiz. Ushbu o‘z vaqtida o‘tkazilgan yig‘ilishni tashkil etgani uchun Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan janoblariga minnatdorlik bildiramiz”, deydi Baxtiyor Saidov.
Uning bildirishicha, muhokamalar mintaqaviy va global xavfsizlikka tobora ortib borayotgan tahdidlar hamda mamlakatlar o‘rtasida birdamlik va muvofiqlashtirishni mustahkamlashning muhimligiga qaratilgan.

“Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston tashkilot doirasida amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishni va barqarorlik, o‘zaro bog‘liqlik va izchil rivojlanishni rag‘batlantirishga qaratilgan asosiy tashabbuslarni ilgari surishni qo‘llab-quvvatlaydi”, deydi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxtiryor Saidov Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirlari norasmiy uchrashuvi doirasida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an qabulida bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Baxtiyor Saidov, shuningdek, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan bilan uchrashgan. Ular uchrashuv doirasida Yaqin Sharqdagi vaziyat va uning mintaqaviy oqibatlari bo‘yicha fikr almashgan.
Live
Barchasi