Samarqandda Cobalt avtobusga borib urildi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Samarqand shahrida haydovchi Cobalt rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, uxlab qolishi oqibatida avtobusga urildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 2 noyabr kuni soat 06:10 larda Samarqand shahri, Afrosiyob mahallasi hududidan o‘tgan Shohizinda ko‘chasida Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi transportni boshqarib ketayotganda uxlab qolib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda avtomobil yo‘lning chap tomonida joylashgan temir to‘siqqa urilib, qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan “ASIASTAR” rusumli avtobus bilan to‘qnashgan. 

Hodisa oqibatida Cobalt haydovchisi shifoxonaga olib borilgan. Avtobus ichida yo‘lovchilar bo‘lmagan, biroq har ikki transport vositasiga shikast yetgan. 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB TB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari boshlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Tracker katta tezlikda avtobusga urilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand IIO FMB TB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing