Samarqandda yuk mashinasi yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 16 iyun kuni Samarqandda yuk mashinasida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat taxminan 11:24 da Oqdaryo tumani “Taraqqiyot” MFY hududidagi ochiq yer maydonida bo‘lgan eski yuk avtomashinasi tirkamasi ichida rezina chiqindilari yoqilayotgani haqida viloyat FVBga fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan va yong‘in qisqa muddatda bartaraf etilgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Dastlabki o‘rganishlar davomida rezina chiqindilari ishchi-xodimlar tomonidan yoqilgani aniqlangan. Holat yuzasidan mas’ul shaxslarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, chiqindilarni yoqishning salbiy oqibatlari hamda amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha tushuntirishlar berilgan. Mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida harakatlanib ketayotgan yuk avtomashinasi yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand yuk mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing