Samarqandda kelinchak noto‘g‘ri ukol oqibatida vafot etdi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Payariq tumanida shifokorlar tomonidan bemorga noto‘g‘ri ukol qilingani va ushbu holat bemor o‘limiga sabab bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarda 1992 yilda tug‘ilgan ayol sog‘lig‘idagi muammo sabab tibbiy muassasaga murojaat qilgani, biroq davolanish jarayonida qilingan muolaja, xususan, ukol bemor ahvolini og‘irlashtirgani va oxir-oqibat uning hayotiga zomin bo‘lgani aytiladi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov munosabat bildirdi.

Uning bildiishicha, ushbu holat bo‘yicha prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harkatlari olib borilmoqda. Marhumaning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqanddagi tug‘uruqxonadan chaqaloq o‘lik holda topilgani xaqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Payariq kelinchak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing