Samarqandda 3 yoshli bog‘cha bolasi cho‘kib ketib vafot etdi
3-sahifa
−
15 iyun 3748 1 daqiqa
Samarqand viloyatining Payariq tumanida 3 yoshli bola bog‘cha hududidagi suv havzasiga tushib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 5 iyun kuni viloyatning Payariq tumani “Sarbozor” MFYda joylashgan “Yulduzcha” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi, 2023 yilda tug‘ilgan R.M. muassasa yonidagi umumta’lim maktabi hududida favqulodda holatlarda foydalanish uchun qurilgan suv havzasiga tushib ketishi oqibatida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham 3 yoshli bola vafot etgan edi.
Live
BarchasiAQSH va Eron memorandum imzoladi
18 iyun