Samarqandda soxta raqam sotayotganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
17 aprel 4067 2 daqiqa
Samarqand viloyatida olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida soxta davlat raqam belgilarini yasab, haydovchilarga sotayotgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Malum qilinishicha, Samarqand shaxar Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi Qarshi yo‘li mahallasida yashovchi 2 nafar fuqaro 30 dan ortiq soxta davlat raqam belgilarini o‘zboshimchalik bilan yasab, malum pullar evaziga fuqarolarga sotib kelgan.
Shuningdek, ular ushbu noqonuniy faoliyat bilan 1 oydan buyon shug‘ullanib kelayotgani aniqdangan. Tadbir davomida soxta davlat raqam belgilari hududdagi 5-sonli ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan hamda huquqbuzarlar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazilgan.
“Avtotransport vositalari uchun davlat raqam belgilarini ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘rganib, yasashni boshladik. Shunindek mashinalarning orqasiga “bort” ham yasab berdik. Keyinchalik Instagram’da sahifa ochib, ishimizni reklama qildik. So‘ng reklamalar orqali sotishni boshladik. Respublika bo‘yicha 30 dan ortiq fuqarolarga avtotransport raqamiga o‘xshagan suviner nomerni har birini 200 ming so‘mdan sotdik. Buning ortidan taxminan 8-9 mln so‘m atrofida pul topdik. Bu ishning qonunga hilof ekanligini ichki ishlar bo‘limiga kelib bildik. Hozir qilgan bu ishimizdan juda afsusdamiz. Hech kimga bunday qilishni tafsiya qilmaymiz”, deydi gumonlanuvchilardan biri.
Ushbu holat yuzasidan Samarqand shaxri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ZIL-53 rusumli transport vositasiga davlat raqami o‘rniga “Farrux” yozuvi tushirilgan belgini taqib harakatlangan haydovchi jazolangan edi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi