Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan haydovchi jarimaga tortildi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida tez tibbiy yordam avtotransport vositasiga Spark rusumli avtomobil haydovchisi yo‘l bermagani haqida videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan Spark haydovchisi topilgan va unga nisbatan tegishli chora ko‘rilib, tushuntirish ishlari olib borilgan. Xususan, unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mazkur moddada BHMning 5 baravari (2 mln 60 ming so‘m) miqdorida jarima belgilangan.

“Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signal bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalari to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun transport vositalari haydovchilari tomonidan halaqit berish javobgarlikka sabab bo‘ladi”, deya eslatgan Respublika tez tibbiy yordam markazi.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yangihayot tumanida tez yordam mashinasi Spark avtomobili bilan to‘qnashib ketgandi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohat olganlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand tez yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing