Samarqandda o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
16 aprel 2637 1 daqiqa
Samarqand viloyatida fuqaroning ishonchiga kirib, uni o‘qishga kiritib qo‘yish yevaziga 10 mln so‘m talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1988 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan sudlangan fuqaro 2001 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, uni o‘zi faoliyat yuritadigan texnikumga dual ta’lim tizimi asosida o‘qishga kiritishni va’da qilgan.
Shuningdek, u mazkur xizmat yevaziga 10 million so‘m pul talab qilgan. So‘ngra avvaldan 700 ming so‘mni olib, qolgan 9 mln 300 ming so‘mni yesa kimyoviy ishlov berilgan pullar ko‘rinishida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 aprel kuni Farg‘onada o‘qishga kiritishni va’da qilgan mansabdor qo‘lga tushgan yedi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi