Samarqandda o‘tishi rejalashtirilgan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz davlatlari” sammiti qoldirildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 may kuni Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi sammit noma’lum muddatga qoldirildi. Buni Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov QALAMPIR.UZ'ga tasdiqladi. 

Ma’lum bo‘lishicha, sammit tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan keyingi muddatlarga qoldirilgan. Yangi sana maslahatlashuvlar asosida belgilanadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 16 aprel kuni “Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining uchinchi yig‘ilishida qatnashgan  va 5 may kuni Samarqandda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi sammiti bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi. 

Ma’lumot uchun, “Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi”ning birinchi sammiti 2023 yil iyul oyida Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Shayx Muhammad bin Salmon Ol Saud raisligida o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum, Kuvayt Davlati Amiri o‘rinbosari, Valiahdi shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh, O‘mon Sultonligi Bosh vaziri o‘rinbosari Asad bin Toriq al-Said, Bahrayn Podshohining maxsus vakili Shayx Nosir bin Hamad Al Xalifa hamda Kengash bosh kotibi Jasim Muhammad al-Budayviy ham qatnashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Markaziy Osiyo – Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing