Samarqandda yigit mashinasida bir qizni majburan olib ketishga urindi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida bir yigit odamlarning ko‘z o‘ngida bir qizni majburlab mashinasiga mindirishga harakat qilayotgani, qizning esa bunga qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, kecha, 1 oktyabr kuni soat 16:00 da Samarqand shahar Amir Temur mahallasi hududida 2002 yilda tug‘ilgan yigit M.I. o‘ziga tanish bo‘lgan qiz M.A. bilan sayr qilib yurgan vaqtida ularning o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. M.I. mazkur kelishmovchilikni hal qilish maqsadida M.A.ga avtomashinaga o‘tirishni taklif qilgan, biroq M.A. bunga rozi bo‘lmagach, uni majburan avtomashinaga o‘tqazishga uringan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida M.A. mazkur holat bo‘yicha M.I.ga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan fuqaro M.I.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) asosida hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumanida tadbirkor uch shaxs tomonidan vahshiylarcha kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand mayda bezorilik Amir Temur mahallasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing