Samarqandda “Zulfiya” mukofotini olgan ijodkorga uy sovg‘a qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 6 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tgandi. Shavkat Mirziyoyev ushbu tadbirda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori, qashqadaryolik ijodkor Latofat Amirovaga 2 xonali uy sovg‘a qilgandi. Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Latofat Amirovaga sovg‘a qilingan yangi uy kalitini topshirdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Yosh ijodkorning iste’dodi va ijodiy yutuqlari yuksak e’tirof etilib, Prezident topshirig‘iga asosan unga Samarqand shahrining Qorasuv massividan ikki xonali, barcha sharoitlarga ega, mebellar bilan jihozlangan uy topshirildi”, deyiladi xabarda.

Uy kalitini topshirish marosimida viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etgan. Tadbir davomida hokim yosh shoira Latofat Amirovani erishgan yutuqlari bilan samimiy qutlab, unga oilaviy xotirjamlik, mustahkam baxt va kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilagan.

Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Ko‘ksaroy» qarorgohida yoshlar bilan uchrashuvi chog‘ida jonli ijroda qo‘shiq kuylagan 4-sinf o‘quvchisiga mashina sovg‘a qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Latofat Amirova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing